GCARD - 2012. Ishlab chiqilmoqda!

Taqdimotlar

Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqasining foresayti muallifi: cacaari

Foto

GCARD2 HAQIDA MULOHazALAR

100 dan ortiq mamlakatlardan keng doiradagi tashkilotlar vakillari ishtirok etgan GCARD2 global tadbirida qatnashish juda hayajonli bo‘ldi. Men o‘zimni oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal qilishga harakat qilayotgan katta bir tadqiqotchilar va siyosatchilar jamiyatining a’zosi sifatida his qildim.

Munozaralar nihoyatda sermazmun bo‘ldi, har bir ishtirokchiga qarorlar qabul qilishga o‘z hissasini qo‘shish, g‘oyalarini bildirish va o‘rgangan saboqlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati berildi. Barcha muhokama va taqdimotlarda oziq-ovqat xavfsizligi masalalari markazda edi. Taraqqiyotga qanday erishish, GCARD yo‘l xaritasini amaliyotga qanday joriy etish va kichik fermerlar ehtiyojlarini qanday qondirish mumkinligi muhokama qilindi va qisqa eslatmalarda aks ettirildi. Mening fikrimcha, GCARD2 ning eng qimmatli natijalaridan biri hamkorlik va sheriklikning mintaqaviy va global darajadagi tadqiqot dasturlarini amalga oshirishdagi rolini tan olish bo‘ldi. Biyo-xilma-xillikni barqaror rivojlantirish, texnologiyalarni, ma’lumot va bilimlarni uzatishni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat xavfsizligining barcha jihatlarini qamrab oluvchi harakatlar kollektiv foresayt tahlili asosida ishlab chiqilishi va muvofiqlashtirilishi lozim, bu esa kelajakdagi ehtiyojlarni yaxshiroq tushunishga va ustuvor ehtiyojlarni aniqlashga yordam beradi.

Davlat, xususiy va fuqarolik sektorlari investitsiyalarni rag‘batlantirish va samaradorlikni ta’minlash uchun bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi kerak.

Uy xo‘jaliklarining oziqlanish omillari, gender ehtiyojlari, yoshlarda qishloq xo‘jaligiga qiziqishni oshirishga qaratilgan jozibador muhit yaratish, fermerlarni bozorlarga ulash, iqlim o‘zgarishining oqibatlariga moslashish kabi barcha fikrlar va qarashlar yaqin kelajakda barqaror va chidamli qishloq xo‘jaligi tizimlarini yaratish uchun milliy va global tadqiqot dasturlarida o‘z aksini topadi.

GCARD 2012 anjumaniga meni taklif qilganingiz uchun sizga chuqur minnatdorchiligimni va mamnuniyatimni bildirmoqchiman. Ushbu global tadbirni tashkil qilganingiz, meni taklif qilganingiz va Punta-del-Estedagi nihoyatda jonli muhokamalar uchun barchangizga samimiy tashakkur bildiraman.

Alvina Avagyan, Bosh direktor,
“Arman Mevalari”, Armaniston