CACAARI tadqiqot institutlari, universitetlar, fermerlar tashkilotlari, xususiy sektor, NNTlar, shuningdek, ayollar harakati va yosh mutaxassislar vakillarini o‘z safiga qabul qilishga tayyor.
CACAARI a'zoligi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikda manfaatdor bo‘lgan tashkilotlar uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi. Eng avvalo, bu Assotsiatsiyaning mintaqaviy faoliyatiga ta'sir ko‘rsatish va mamlakat hamda tashkilot ustuvor yo‘nalishlarini Assotsiatsiya ustuvor yo‘nalishlariga kiritish imkoniyatidir.
Bundan tashqari, bu o‘z mamlakati va mintaqasini turli xalqaro uchrashuvlarda namoyon etish, faoliyat, konferensiyalar, treninglar haqidagi doimiy yangilanadigan ma'lumotlarga ega bo‘lish, hamda CACAARI tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatidir. Shuningdek, Assotsiatsiyaga a'zo bo‘lish yangi texnologiyalar almashinuvi va a'zo tashkilot muammolarini hal qilish uchun qo‘shma loyihalarni yaratish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, Assotsiatsiya ustuvor yo‘nalishlari va dasturlari uning a'zolari tomonidan shakllantiriladi, bu esa deyarli cheksiz harakat imkoniyatlarini ochadi. A’zolik badallari bo‘yicha shuni ta’kidlash joizki, CACAARI Nizomiga va 2009-yil 15-oktabrdagi Rahbarlar qo‘mitasi qaroriga muvofiq, 2010-yildan boshlab a’zolik badallari quyidagicha belgilangan: Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazdagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari (tadqiqot institutlari, davlat idoralari, NNTlar, ta’lim muassasalari, fermerlar uyushmalari, ayollar tashkilotlari, xususiy sektor va boshqalar) uchun – har bir tashkilotd